Seul shahrida davom etayotgan qilichbozlik boʼyicha qitʼa birinchiligida hamyurtlarimiz ishtiroklarini yakunlashdi.
Quvonarlisi, unda yurtimiz sharafini himoya qilgan shpagachi yigitlarimiz kumush medalni qoʼlga kiritishdi.
Maʼlum qilganimizdek, finalda jamoamiz mezbon Koreya Respublikasi vakillariga qarshi maydonga tushishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv 38:35 hisobida koreyalik qilichbozlarning gʼalabasi bilan yakunlandi.
Qayd etish joiz, shu tariqa qilichbozlarimiz ilk bor final bosqichida ishtirok etishdi. Bu esa jamoamiz uchun kelgusida kutib turgan finallar oldidan katta tajriba boʼldi. Oʼz navbatida, hamyurtlarimizdan keyingi musobaqalarda yangi gʼalaba va oltin medallar kutib qolamiz.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!