Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida mana bir necha kundan buyon davom etayotgan o‘zaro kelishmovchilik avj olmoqda.
Ikki mamlakat rahbari kelishuvga erishishganiga qaramasdan, Qirgʻiziston Tojikistonning aholi punktlarida ogʻir qurollarning barcha turlaridan oʻq uzishni davom ettirdi.
Bu haqda Tojikiston Respublikasi KQMQ Chegara qoʻshinlari matbuot markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, G‘ofurov tumanidagi Bobojonning Ovchi-kal’ach mahallasi, Isfara shahrining Vorux va Chorkuh hududlari qirg‘iz droni orqali o‘qqa tutilgan.
“Qirg‘iziston harbiy vertolyotlar va hujumchi dronlardan foydalangan holda Tojikistondagi turar-joy binolari va fuqarolik obyektlariga havodan hujum uyushtirayotgani xavotir uyg‘otadi”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, hujumga guvoh bo‘lgan aholi vakillari Qirg‘iz dronlari 16-sentyabr kuni ertalab va tushdan keyin zarbalar berganini tasdiqlashgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!