“Manchester Yunayted” jamoaning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusonni 80 yoshli yubileyi bilan muborakbod etdi.
“Butun jamoa tizimida mehnat qiluvchilar afsonaviy murabbiyimizni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz” – deb bayonot berdi “qizil iblislar” matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, ser Aleks 1941-yilning 31-dekabr kuni Shotlandiyaning Glazgo shahrida tavallud topgan. 80 yoshni qarshilagan mutaxassis 1986-2013-yillar davomida “Old Trafford”da faoliyat yuritib, 13-marta APL, ikki marta Chempionlar Ligasi, besh marta Angliya Kubogi va to‘rtta Liga Kubogini yutishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!