Qizlarning turmushga chiqish yoshini 20 yosh deb belgilash taklifi “Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy kengashida tuzilgan konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha ishchi guruhning Navoiy viloyatidagi uchrashuvlaridan birida bildirilgan.
Partiya Markaziy kengashi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ishchi guruh Navbahor tumanidagi 11-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida deputatlar, mahalla faollari, o‘qituvchi va yoshlar hamda sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazgan.
Uchrashuv avvalida konstitutsiyaviy islohotlar zarurati va mazmun-mohiyati haqida keng maʼlumotlar berilgan, so‘ng esa tadbir ishtirokchilarining takliflari eshitilgan.
“Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Malohat Xolova Konstitutsiyaga qizlarning turmushga chiqish yoshini 20 yosh deb belgilashni taklif qildi”, – deyiladi xabarda.
M.Xolova o‘z taklifini erta nikoh va oilaviy ajrimlarning oldini olishga, sog‘lom bolalar tug‘ilishiga va yosh onalarning salomatligini muhofaza qilishga katta yordam beradi, deya izohlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!