Misr va germaniyalik arxeologlar Qohira shimolidan Misr firʼavni Nektaneba I ga tegishli boʻlgan ibodatxona binosi qoldiqlarini topishdi. U misrlik firʼavnlar sulolasining oxirgi asoschisi hisoblanadi, uning oʻlimidan keyin mamlakatni forslar bosib olishgan va shundan keyin taxtga boshqa hech qachon etnik misrliklar chiqmagan.
Arxeologlar firʼavnga tegishli ibodatxonaning shimoliy va gʻarbiy tomonlarini tashkil qilgan ulkan bloklarni qoʻlga kiritganlar. Toshlardagi yozuvlarda Nektaneba boshqaruvining 13-14 yillarida sodir boʻlgan voqealarga ishora qilingan.
Oʻttizinchi sulola davrida ushbu hududda Geliopol – Misrning eng qadimgi shaharlaridan biri boʻlgan. Bu yerdagi qazishma ishlari XX asrga kelib boshlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!