Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya tomonidan sodir etgan qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bor, shuningdek oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati og‘ir hamda oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilgan edi.
O‘tkazilgan suhbatlar davomida mahkumlarning ba’zilari vaziyatni yaxshi anglamagan holda yolg‘on axborotlar ta’siriga tushib qolishganini va sodir etgan qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon ekanliklarini bildirishdi.
Asosan ayollar farzandlarini juda sog‘inishganini va bo‘lib o‘tgan voqealardan to‘g‘ri xulosa chiqarishganini ma’lum qilishgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Komissiya a’zolari tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdagi shaxslarga mahalliy tuman kengashlari deputatlarini jamoatchilik kafilligi asosida biriktirish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Komissiya va Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan sodir etgan qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bor, shuningdek oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati og‘ir hamda oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lgan fuqarolarga insonparvarlik tamoyili asosida qamoq ehtiyot chorasini jamoatchilik nazorati va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishini so‘rab Bosh prokuraturaga taklif kiritildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!