Bugun, 8-iyun kuni soat 03:14 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi.
Maʼlum qilinishicha, voqea tumanning “Oq qamish” OFY hududidan o‘tgan A-380 avtomagistral yo‘lining 555 km. da sodir bo‘lgan. “YUTONG” rusumli avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bo‘lgan va u Toshkent shahridan Nukus shahriga yetib borishi kerak edi.
Tuman FVBga xabar kelib tushganidan so‘ng, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:40 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:15 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida avtobus to‘liq yonib zararlangan. Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Maʼlumot uchun eng yaqin yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in ro‘y bergan manzilgacha bo‘lgan masofa taxminan 45 km. ni tashkil etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!