$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar bo‘yicha sud qachon boshlanishi ma’lum

13:43 / 27.11.2022

Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi. Bu haqda mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya ma’lum qildi.

Qayd etish mumkin, 2022-yil 16-iyul kunidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya o‘z ishini boshlagan edi.

Komissiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, voqealarni har tomonlama va holis o‘rganish, shuningdek, olingan axborotlarni qayta tekshirish hamda o‘z faoliyatini jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tashkil qilishni asosiy vazifasi sifatida belgilagan.

Dastlab, aholi fikrini o‘rganish maqsadida fuqarolarga 1374 qisqa raqamli call-markazi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Komissiya shtabiga kelib murojaat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lsa, keyinchalik “@independetuz_bot” telegram kanali ishga tushirilib, murojaatlar elektron tarzda ham qabul qilingan.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealar joyiga chiqib o‘rganilib, tegishli ma’lumotlar olingan va ular tahlil qilingan. Xususan, bir qator davlat organlari va idoralariga, ijtimoiy ob’yektlarga, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, harbiy va ichki ishlar gospitallari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, ya’ni Milliy gvardiya, Nukus shahar Ichki ishlar bo‘limi, Nukus shahridagi Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug, Nukus xalqaro aeroportiga tashrif buyurilgan.

Qolaversa, Komissiya fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlardan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarda asosiy gumonlanayotgan va hozirda tergov jarayonida bo‘lib turganlar bilan yakka tartibda suhbatlar olib bordi. Bunda sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan ayblanuvchilarning ro‘yxatlari shakllantirilib, ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

Shu kunga qadar Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 107 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o‘z oilasiga qaytarilgan.

“Tergov jarayonlari davomida ayblanuvchilarning saqlash sharoitlari, qiynoqqa solmaslik, advokat bilan ta’minlanganlik kabi masalalar Mustaqil komissiyaning doimiy nazoratida bo‘ldi. Komissiya a’zolari sud jarayonlarida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi”, – deyiladi xabarda.


O‘zbekiston


														
														Mirziyoyev Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Mirziyoyev Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Qonun milliy qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi Lex.uz saytida e’lon qilindi.
21:43 / 19.04.2024

														
														Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirziyoyeva bu haqida rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.
21:27 / 19.04.2024

														
														O‘zbekistonga 5 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritish xohishi bildirilgan

O‘zbekistonga 5 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritish xohishi bildirilgan

Xalqaro tadbirlar doirasida 45 nafardan ziyod yirik loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.
20:31 / 19.04.2024

														
														Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Merey Omonboyeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda – Savdo-sa…
16:40 / 19.04.2024

														
														O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Davlat rahbarlari yetakchi korxonalar kooperatsiyasini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.
16:24 / 19.04.2024

														
														O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 20-23-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarid…
15:41 / 19.04.2024

														
														Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Ikki Prezident Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
15:13 / 19.04.2024

														
														Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Unda O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari muhokama qilingan.
14:25 / 19.04.2024

														
														“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

Buning uchun bank kartasi qaysi tashkilotga tegishli boʻlsa, oʻsha bankning “Call-markazi”ga qoʻngʻiroq qilish kifoya.
12:03 / 19.04.2024

														
														Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib b…
11:55 / 19.04.2024

Bu ham qiziq

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Bu 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga amal qiladi.
09:57 / 19.04.2024
Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024
Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Shuningdek, vazirlik elchixonalarining favqulodda telefon raqamlari mavjud bo‘lib, ular orqali mintaqadagi Qirg‘iziston fuqa…
15:08 / 19.04.2024
O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Ular tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati uchun …
17:10 / 18.04.2024
Filipp Kirkorov Litvaga kiritilmaydi

Filipp Kirkorov Litvaga kiritilmaydi

Biroq sud mamlakatga kirishni taqiqlash adolatli chiqarilgan hukm deb topdi.
10:00 / 19.04.2024
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Davlat rahbarlari yetakchi korxonalar kooperatsiyasini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.
16:24 / 19.04.2024
Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Ikki Prezident Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
15:13 / 19.04.2024
Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
08:22 / 19.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!