Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnik jo‘natayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda yolg‘on ma’lumotlarga qarshi kurashish maqsadida Respublika Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ko‘magida yaratilgan stopfake.kz portali xabar berdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy kolonna harakatlanayotgani haqida tasvirlar tarqaldi. Unga yozilgan izohga ko‘ra, bu Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Vladimir Putin kelishuviga ko‘ra bu Qozog‘istondan Rossiyaga Ukrainadagi urushda ko‘maklashish uchun ketayotgan texnika hisoblanadi. Ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qozog‘iston mudofaa vazirligi ham ushbu feyk xabarga izoh berdi.
Vazirlik Ostona RFga hech qanday texnika jo‘natmayotganini ta’kidlagan. Shu bilan birga mamlakat hududida KXSHT harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgani, harbiy texnika shu munosabat bilan Qozog‘istonning turli nuqtalariga tashlanayotgani qayd etilgan.
“Qozog‘istonda 2022-yil 26-sentabrdan 8-oktabrgacha bo‘lib o‘tadigan KXShTning “O‘zaro hamkorlik-2022”, “Poisk-2022”, “Echelon-2022” qo‘shma mashg‘ulotlari uchun jihozlar yetkazib berilmoqda. Jambil va Olmaota ota viloyatlari”,– deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!