$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Qozog‘istonda marodyorlik boshlangan: mamlakat ko‘rgan zararning taxminiy summasi aytildi

17:56 / 06.01.2022

Qozog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng yetkazilgan zararning umumiy miqdori taxminiy hisob-kitob qilindi.

“Atameken” Milliy tadbirkorlar palatasi Qozog‘istonning barcha hududlaridagi xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda tadbirkorlardan noqonuniy xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zararning taxminiy miqdori haqida ma’lumot yig‘ayotganini ma’lum qildi.

Ayni paytgacha yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 6-yanvar kuni soat 17:00 holatiga jami 43ta obyektda joylashgan 300ta tadbirkorlik subyekti zarar ko‘rgan (jumladan, 12ta savdo uylari va ko‘ngilochar markazlar).

Tartibsizliklarda, asosan, savdo, umumiy ovqatlanish, transport, xizmat ko‘rsatish sohalari, shuningdek, moliya sektorlari (xususan, bankomatlar)ga zarar yetkazilgan. Shuningdek, “KORAMSAK” uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Olmaotada 6 ta qurol do‘koni talon-taroj qilingan (“Korgan-Syentr” MCHJ, “Arma-56” MCHJ, “Anna-16” MCHJ, “Anna” MCHJ, “Orujeynik” MCHJ, “Pro-Hunt”).

Milliy tadbirkorlar palatasi ma’lumotiga ko‘ra, yetkazilgan zararning umumiy miqdori taxminan 40 milliard tenge (taxminan 91 million AQSh dollari)ni tashkil etgan (Olmaota shahrining o‘zida 39,5 milliard tenge).

Palata, shu bilan birga, ijarachilarning ko‘pchiligiga yetkazilgan zararni baholash mumkin emasligini, chunki bu obyektlarga kirish imkoni yo‘qligini ma’lum qildi.

Zararning moddiy xususiyati, asosan, binolarga zarar yetkazish, qimmatbaho buyumlar va inventarlarning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liqligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda so‘nggi 3 kundan buyon kuzatilayotgan ommaviy tartibsizlik aholining tinch namoyishlari bilan boshlanib, ayni paytda jinoyatchi to‘dalarning bosqin, o‘g‘rilik va marodyorliklari bilan davom etmoqda.



														
														Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Shuningdek, vazirlik elchixonalarining favqulodda telefon raqamlari mavjud bo‘lib, ular orqali mintaqadagi Qirg‘iziston fuqa…
15:08 / 19.04.2024

														
														Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Ular orasida Keniya Mudofaa vaziri ham bor.
10:50 / 19.04.2024

														
														Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Ikkinchi o‘rinda 1,425 milliard kishi istiqomat qiluvchi Xitoy turadi.
11:38 / 18.04.2024

														
														Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Tramp videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.
10:46 / 18.04.2024

														
														Yaponiya aholisi ketma-ket o‘n uchinchi yil kamayib bormoqda

Yaponiya aholisi ketma-ket o‘n uchinchi yil kamayib bormoqda

2023-yil oktyabr oyida Yaponiya aholisi 124,35 million kishini tashkil etdi.
12:01 / 17.04.2024

														
														Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

"Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari endi mehnat sharoitlari va juda past maoshlarning garovi bo‘lmasligi k…
11:44 / 17.04.2024

														
														Daniyada XVII asrga oid birja binosi yonib ketdi

Daniyada XVII asrga oid birja binosi yonib ketdi

1615-yilda qurilgan binoda Daniya Savdo-sanoat palatasining bosh qarorgohi joylashgan.
10:03 / 17.04.2024

														
														Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, bu gullar Qizil kitobga kiritilgan.
09:45 / 17.04.2024

														
														Taker Karlson Telegram asoschisi Pavel Durovdan intervyu oldi

Taker Karlson Telegram asoschisi Pavel Durovdan intervyu oldi

Amerikalik jurnalist Taker Karlson Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bilan suhbat uyushtirdi.
08:54 / 17.04.2024

														
														To‘qayev mamlakatdagi murakkab suv toshqinlari sababli yirik tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqladiv

To‘qayev mamlakatdagi murakkab suv toshqinlari sababli yirik tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqladiv

“Bizda bunday ofatlarning erta oldini olish tizimi va tegishli mutaxassislar yetishmayapti. Endi gidrotexnikalarni tayyorlas…
20:49 / 16.04.2024

Bu ham qiziq

Isroil armiyasi Eronga hujum qilingani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi

Isroil armiyasi Eronga hujum qilingani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi

Portlashdan so‘ng Tehron, Isfaxon, Sheroz shaharlari va qator viloyatlarda parvozlar to‘xtatilgan.
16:41 / 19.04.2024
Nukus–Istanbul–Nukus yo'nalishi ishga tushadi

Nukus–Istanbul–Nukus yo'nalishi ishga tushadi

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab amalga oshiriladi.
21:10 / 19.04.2024
Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Ikki Prezident Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
15:13 / 19.04.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Merey Omonboyeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda – Savdo-sa…
16:40 / 19.04.2024
O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi?

O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi?

2024-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 254 080 nafarga ko‘p.
10:46 / 19.04.2024
Doimiy manipulyatsiyaning salbiy tomonlari

Doimiy manipulyatsiyaning salbiy tomonlari

Manipulyatsiya jabrlanuvchi uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
13:59 / 19.04.2024
Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib b…
11:55 / 19.04.2024
Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Unda O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari muhokama qilingan.
14:25 / 19.04.2024
O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Ular tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati uchun …
17:10 / 18.04.2024
“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

Buning uchun bank kartasi qaysi tashkilotga tegishli boʻlsa, oʻsha bankning “Call-markazi”ga qoʻngʻiroq qilish kifoya.
12:03 / 19.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!