Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda yuz bergan YTH yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Agentlik aniqlagan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi boshqa yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan 4 ta mashinaga urilishi natijasida ushbu mashinalar yonib ketgan.
Ushbu hodisalar oqibatida 1 kishi vafot etgan, 10 kishi (shundan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi) esa tan jarohati olgan.
Jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Hozirgi vaqtda hodisa O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi tomonidan nazoratga olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!