Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Darxon Satibaldi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda qo‘l ostidagi xodimning korrupsiyada ayblangani uchun iste’foga chiqqan Umirzoq Shukeyevning o‘rnini egalladi.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Darxon Satibaldi esa O‘zbekiston bilan chegaradosh Turkiston viloyatiga hokim etib tayinlandi. Tegishli farmon joriy yilning 31 avgust kuni mamlakat prezidenti tomonidan imzolangan.
Qayd etish mumkin, Darxan Satibaldi 2019-yildan buyon Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U 1974-yilda Janubiy Qozog‘iston viloyatining Abay qishlog‘ida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi-muhandis va huquqshunos. Elchi etib tayinlangunga qadar u Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Chimkent shahri hokimi lavozimida, bosh vazir devonida, shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i sifatida ish faoliyatini olib borgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!