US Open chempioni Emma Radukanu Vodafone mobil operatorining yuziga aylandi.
Britaniya OAV xabariga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha tennischi 3 million funt sterling ishlab oladi.
Qayd etish joizki, bu Nyu-Yorkdagi muvaffaqiyatdan so‘ng Radukanuning birinchi hamkorlik shartnomasi emas. Emma bungacha Dior, Tiffany, British Airlines va Evian kabi yirik kompaniyalar bilan bitim imzolagandi.
Bundan tashqari, uning Britaniya imperiyasi ordeni ritsar qo‘mondoni bo‘lishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!