Rangnik Ronalduning “Vulverhempton”ga qarshi oʻyinda sardor boʻlishi sabablarini aytdi.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Vulverhempton”ga qarshi oʻyinda (0:1) nima uchun sardorlik bogʻichida bilan maydonga tushganini tushuntirdi.
“Ronaldu — eng tajribali futbolchi. Agar uning “Manchester Yunayted”da oʻtkazgan davrlarini qoʻshsangiz, uni klubda eng koʻp oʻynagan, deyishingiz mumkin.
Toʻgʻrisini aytsam, sardorni Ronaldu va De Xea oʻrtasida tanladim. Lekin men bevosita maydonda harakatlanadigan futbolchisini sardor etib tayinlamoqchi edim, shuning uchun ham Krishtianuni tanladim”, — dedi germaniyalik mutaxassis.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!