$
12877.37 UZS
-2.58
148.17 UZS
-2.52
13501.92 UZS
-18.16
Kechasi

Rasman. O‘zbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi

20:00 / 27.02.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

“Keyingi yillarda mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini o‘zida mujassam etadigan qadriyat va an’analarni bezavol saqlash hamda kelgusi avlodlarga yetkazish, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan va ehtiyojmand insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Bu kabi ezgu amallar muborak Ramazon oyida ayniqsa yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Xalqimiz uchun azaldan mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida:

1. 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida:

ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;

oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;

atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va  qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor berilsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin”.


O‘zbekiston


														
														28-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
22:57 / 27.02.2025

														
														Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan O‘zbekistonning ikki nafar voyaga yetmagan fuqarosi O‘zbekistonga qaytarildi.
20:42 / 27.02.2025

														
														Rasman. O‘zbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi

Rasman. O‘zbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qa…
20:00 / 27.02.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbariga “Do‘stlik” ordenini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbariga “Do‘stlik” ordenini topshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni nufuzli "Katta dubulg‘a" xalqaro turniri doirasida mam…
19:33 / 27.02.2025

														
														Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasida aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan

Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasida aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan

Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirm…
18:50 / 27.02.2025

														
														Jahon banki Qambarota GES qurilishi uchun 500 million dollar ajratishi mumkin

Jahon banki Qambarota GES qurilishi uchun 500 million dollar ajratishi mumkin

Jahon banki O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga Qambarota GES qurilishi uchun 500 million dollar berishi mumkin. Bu h…
18:31 / 27.02.2025

														
														Bog‘chalardagi holatlar yuzasidan vazir Hilola Umarovaga senator so‘rovi yuborildi

Bog‘chalardagi holatlar yuzasidan vazir Hilola Umarovaga senator so‘rovi yuborildi

Bolalar bog‘chalaridagi holatlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga senator so‘rovi yuborildi.
17:35 / 27.02.2025

														
														Toshkentda avtobus daraxtga borib urildi

Toshkentda avtobus daraxtga borib urildi

Bugun, 27-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ziyolilar ko‘chasida 50-sonli shahar avtobus marshrutida hodisa yuz berdi.
17:09 / 27.02.2025

														
														Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkin

Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi elektron tijorat boshqarmasi boshlig‘i Xitoyning Temu marketpleysi O‘zbekiston hududid…
16:37 / 27.02.2025

														
														Toshkent viloyatiga 170 ta yangi avtobus xarid qilinadi

Toshkent viloyatiga 170 ta yangi avtobus xarid qilinadi

“Viloyatning 7 ta shahrida brutto-shartnoma asosida 21 ta yo‘nalishiga 170 ta yangi avtobuslar xarid qilinishi belgilangan e…
15:52 / 27.02.2025

Bu ham qiziq

Ilon Mask super milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Ilon Mask super milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Dunyodagi eng boy 24 kishining umumiy boyligi 3,3 trillion dollarni tashkil etadi, ulardan 16 tasining boyligi 100 milliard …
21:10 / 27.02.2025
Rossiyada 1-martdan boshlab bolalar va o‘smirlarga energetiklar sotish taqiqlanadi

Rossiyada 1-martdan boshlab bolalar va o‘smirlarga energetiklar sotish taqiqlanadi

Joriy yilning birinchi martidan boshlab Rossiyada voyaga etmaganlarga energetik sotishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi.
10:49 / 27.02.2025
Endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida y…
15:19 / 27.02.2025
Rasman. O‘zbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi

Rasman. O‘zbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qa…
20:00 / 27.02.2025
XAMAS garovga olingan 4 kishining jasadini Isroilga topshirdi

XAMAS garovga olingan 4 kishining jasadini Isroilga topshirdi

Kelishuv ijrosi haqda “Associated Press” xabar bermoqda.
09:58 / 27.02.2025
Toshkent viloyatiga 170 ta yangi avtobus xarid qilinadi

Toshkent viloyatiga 170 ta yangi avtobus xarid qilinadi

“Viloyatning 7 ta shahrida brutto-shartnoma asosida 21 ta yo‘nalishiga 170 ta yangi avtobuslar xarid qilinishi belgilangan e…
15:52 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkiya Respubl…
20:30 / 26.02.2025
Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan O‘zbekistonning ikki nafar voyaga yetmagan fuqarosi O‘zbekistonga qaytarildi.
20:42 / 27.02.2025
Gvardiola Husanov haqida nimalar dedi?

Gvardiola Husanov haqida nimalar dedi?

“Manchester Siti” Angliya Premyer-ligasining 27-turida “Tottenhem”ga qarshi o‘ynadi.
09:28 / 27.02.2025
KXDR xakerlari kriptobirjadan qariyb 1,5 mlrd dollar o‘g‘irladi

KXDR xakerlari kriptobirjadan qariyb 1,5 mlrd dollar o‘g‘irladi

Gap Bybit kriptobirjasi haqida ketmoqda.
08:31 / 27.02.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!