“Dinamo” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2022 yilgi mavsumda Superligaga qaytgan samarqandliklar murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.
"Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov hamda klub bosh homiysi «Agromir Buildings» taklifiga ko‘ra, «Dinamo» PFK jamoasi bosh murabbiyligiga xorijlik mutaxassis taklif etildi. Serbiyalik Predrag Rogan «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi. 47 yoshli mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolangan.
Shuningdek, yugoslaviyalik sobiq futbolchi, so‘nggi yillarda Serbiya yoshlar terma jamoasida (U-19) murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Ivan Yevich Roganga yordam beradi.
46 yoshli mutaxassis jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmoqda", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, Predrag Rogan 1974 yilning 2 avgust kuni Serbiyada tug‘ilgan. U 2011 yildan buyon Serbiya va Vengriyaning bir qancha nomdor klublarida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!