Barcha kelishuvlar yakunlandi.
“Real” va “Fiorentina” hujumchi Luka Yovichning to‘liq transferi bo‘yicha kelishib oldi.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, serbiyalik hujumchi “Fiorentina”ga doimiy ravishda tekinga o‘tadi.
“Real Madrid” forvardni qayta sotishi mumkin bo‘lgan summaning 50%ini oladi. Yovich shu hafta Italiya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
“Real Madrid” ham 21 yoshli markaziy himoyachi Mario Gilaning “Latsio”ga o‘tishiga rozi bo‘ldi. Transfer summasi 6 million yevroni tashkil qiladi. Ispaniyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olindi.
Yovich 2019-yilning iyun oyida Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan “Real”ga 65-70 million yevro evaziga o‘tgan edi.
24 yoshli forvard o'tgan mavsumda madridliklar safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U “Real Madrid”da o‘ynagan vaqt davomida 51 ta o‘yinda 3 ta gol urgan.
Gila “Real Madrid” safida La Ligada atigi 2 ta o‘yinda maydonga tushdi, asosan Madridning 3-diviziondagi ikkinchi jamoasida o‘ynadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!