“Real Madrid” bu mavsumda La Ligada oʻzining “tarixiy” raqiblariga qarshi mukammal oʻyin koʻrsatdi.
Yaʼni, “qirollik klubi” Ispaniya chempionatining birinchi davrasida “Barselona”ni mehmonda (2:1), oʻz maydonida “Sevilya”ni (2:1), “Valensiya”ni mehmonda (2:1) hamda “Atletiko”ni (2:0) magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. “Atletik” ustidan esa ikki marta mehmonda (2:1) va uyda (1:0) zafar quchildi.
Umuman olganda, ushbu jamoalarga qarshi oʻtkazilgan soʻnggi 27 uchrashuvda “Real” bor-yoʻgʻi bitta magʻlubiyatga uchragan. U ham boʻlsa oʻtgan mavsum safarda “Valensiya”ga qarshi oʻyinda (1:4). Qolgan koʻrsatkichlar esa 20 gʻalaba 6 durangni tashkil etadi.
“Qirollik klubi” qisqa muddatlik bayram taʼtiliga La Ligadagi eng yaqin taʼqibchisi “Sevilya”dan sakkiz ochko oldinda ketdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!