Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finalida “Atletik”ni magʻlub etdi (2:0) va turnir gʻolibiga aylandi.
Shu tariqa, “Real” barcha musobaqalarda soʻnggi 13 finalning 12 tasida gʻalaba qozongan, shu jumladan Ispaniya Superkubogida 3 marta gʻolib boʻlgan jamoaga aylandi.
2017-yilda “Real Madrid” ikki oʻyinli bahsda “Barselona”ni, 2020-yilda esa “Atletiko”ni penaltilar seriyasida magʻlub etgan edi.
Shuningdek, Madrid klubi bu sovrinni 12-marta qoʻlga kiritdi va bu koʻrsatkich boʻyicha Ispaniyada ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Birinchi oʻrinda esa 13 ta sovrin bilan “Barselona” turibdi.
Yana bir statistikaga koʻra, “Real Madrid” oʻz tarixidagi 95-kubokni qoʻlga kiritdi, “Barselona” esa titular soni 96 tani tashkil qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!