Madrid va Kataloniya klublari oʻzaro munosabatlar oʻrnatdilar.
Marcaʼning soʻzlariga koʻra, klub prezidentlari Florentino Peres va Joan Laporta “koʻz olaytirmaslik toʻgʻrisida” shartnoma imzolagan, unga koʻra ular bir-birining oʻyinchilari bilan muzokaralar oʻtkazmaydi.
Keltirilishicha, funksionerlar shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarda raqib manfaatidan argument sifatida foydalaniladigan vaziyatning oldini olish uchun raqib klub futbolchilarini “yoʻldan urmaslikka” ogʻzaki kelishib oldilar.
Oʻz navbatida mazkur kelishuv istisno tariqasida shartnoma muddati tugaydigan futbolchilarga amal qilmaydi. Biroq yoshlar jamoalari futbolchilariga nisbatan ham shunday kelishuvga erishilgan.
Qayd etilishicha, Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi oʻzaro oʻyin kuni OAV kataloniyaliklar himoyachisi Ronald Arauxoga Madridning “Real” klubi qiziqayotgani haqida yozgan edi. Laporta aynan shu masalada Peresga murojaat qilgan, lekin Florentino bu maʼlumotni rad etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!