Angliya ortidan Ispaniya futboliga ham koronavirus jiddiy ta’sir o‘tkazishni boshladi. Madridning “Real” klubi rasmiy saytida yozilishicha, jamoa futbolchilari Marko Asensio, Garet Beyl, Rodrigo va Andrey Luninda Kovid infeksiyasi aniqlangan.
Shuningdek Karlo Anchelottining o‘g‘li, murabbiylar shtabida ishlayotgan Ernesto Anchelottining topshirgan test natijalari ham musbat chiqqan. Bundan bir necha kun muqaddam Marselo hamda Luka Modrichlarda ham Covid-19 borligi tasdiqlangandi.
Endi madridliklarning yakshanba kuni “Kadis”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinlari so‘roq ostida turibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!