Hujumchi Dushan Vlahovich qishki transferlar vaqtida “Fiorentina”ni tark etmasligi mumkin.
Sky Sport Italia xabariga koʻra, hujumchi joriy mavsumda A Seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻlishni va oʻz jamoasi bilan Yevropa musobaqasiga chiqish niyatida.
Yozda “Fiorentina” Vlahovich uchun 70 million yevro talab qiladi. Dushan “Real”ga oʻtishni orzu qiladi, ammo Madrid klubi hujumni kuchaytirish uchun boshqa rejalarga ega.
Oʻz navbatida, hujumchiga “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Robert Levandovski klubini oʻzgartirishga qaror qilsa, “Bavariya” serbiyalikni kuzatadi.
Vlahovich Chempionlar ligasidagi gʻoliblik uchun kurashadigan jamoaga oʻtmoqchi.
Maʼlumot uchun, Dushan joriy mavsum “Fiorentina” safida barcha turnirlar doirasida 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!