O‘zgidromet respublikaning 8 viloyati aholisini sel-suv toshqinidan ogohlantirmoqda.
Joriy yilning 3-5-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
– Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;
– Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
– Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
– Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
– Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
– Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
– Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;
– Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
– Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!