Rejissyor Mett Rivz tomonidan suratga olingan va bosh rolni Robert Pattinson ijro etgan “Betmen” filmidan yangi parcha eʼlon qilindi.
Internetga joylashtirilgan 3 daqiqali rolikda cherkovdagi dafn marosimida ishtirok etayotgan Bryus Ueyn (Betmen) ning dushmanidan dahshatli chaqiriq qabul qilgani aks etadi.
Maʼlumot uchun, filmda Robert Pattinsondan Zoi Kravis, Pol Dano, Endi Serkich, Jeffri Rayt va Kolin Farrellar suratga tushgan. Robert filmda Betmenning yoshlik yillarini gavdalantirgan.
Betmen haqidagi yangi filmning umumiy davomiyligi 2 soatu 56 daqiqani tashkil qiladi. Filmning taqdimot marosimi joriy yilning 3-mart kuniga rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!