“Manchester Yunayted”ning futbolchilarga beriladigan maoshlari bo‘yicha xabarlar ochiqlandi.
‘Sky Sports’ bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klubning maoshlar uchun ajratilgan pullari miqdori yaxshigina koʻtarilgan.
Keltirilishicha, “qizil iblislar” maoshlar uchun yiliga 354 million funt (deyarli 422 million dollar) pul ajratadi. Ronaldu, Sancho va Varanning kelganidan soʻng maoshlarga ajratiladigan pul 23,1 foizga oshgan.
Natijada, 30-sentyabr kungi maʼlumotga koʻra, “Manchester Yunayted”ning hozirgi qarzi 439,7 million funtni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, “MYu” hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Portugaliyalik forvard haftasiga 385 ming yevro maosh ishlab oladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!