Hujumchi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Manbaning maʼlum qilishicha, Ronaldu jamoaga keladigan keyingi, yangi bosh murabbiydan qoniqmasa, mavsum oxirida “Manchester Yunayted”ni tark etish haqida oʻylayapti.
Shuningdek, Ronaldu Rangnikning klub bosh murabbiyligi lavozimida doimiy asosda tayinlanishiga qarshi ekanligi qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, noyabr oyida “Manchester Yunayted” Rangnikni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlagan edi. U mavsumning qolgan qismida jamoani boshqaradi.
Maʼlumot oʻrnida, Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Ronaldu 16 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi.
Qayd etish mumkin, “Manchester Yunayted” 19 oʻyinda 31 ochko toʻplagan holda Angliya Premyer-ligasining 2021/2022-yilgi mavsumi turnir jadvalida 7-oʻrinni egallab turibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!