“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya premyer-ligasining 16-turidan oʻrin olgan “Norvich”ga qarshi oʻyinda (1:0) gol urdi.
“Kanareykalar” darvozasiga kiritilgan toʻp 36 yoshli portugaliyalikning Premyer-liga doirasidagi 91-goli boʻldi. Bu koʻrsatkich boʻyicha Ronaldu “qizil iblislar”ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga yetib oldi.
Qayd etish mumkin, APLda 91 ta gol urgan Ronaldu va Sulsher “Manchester Yunayted”ning ichki chempionat toʻpurarlari orasida 6-oʻrinni egallab turishibdi. Bu borada Ueyn Runi 183 ta gol bilan mutlaq yetakchilik qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!