Rossiyalik taniqli modelyer Valentin Yudashkinning Parij Modalar haftaligidagi ishtiroki bekor qilindi. Bunga dizayner tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi hech qanday munosabat bildirmagani sabab boʻlgan.
Yudashkinning namoyishi 8-mart kuniga rejalashtirilgan edi. Ammo, tashkilotchilar dizaynerning Ukraina-Rossiya mojarosiga nisbatan pozitsiyasini oʻrganib chiqishgan va namoyishni bekor qilishgan.
Eslatib oʻtamiz, Valentin Yudashkin Rossiya qurolli kuchlarining maxsus kiyimi ustida ishlovchi bosh dizaynerlardan biri hisoblanadi.
Yuqori Moda federatsiyasi prezidenti Ralf Toledano Parij Modalar haftaligi doirasida ukrainalik qochqinlar uchun xayriya mablagʻlari toʻplanishi, namoyishlarga tushkunlik kayfiyati berilishini maʼlum qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!