Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya armiyasining xalqaro mavqesi pastlab ketganini aytgi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalidagi ananaviy kechki videomurojatida aytib o‘tgan.
“Biz havo hujumidan mudofaani kuchaytirishda davom etamiz. Ammo endi, har o‘nta zarba uchun terrorchilar kamida tort baravar ko‘proq raketa sarflashlari kerak. Rossiya uchuvchisiz uchoqlar, shu jumladan Eronlik sheriklari tomonidan yetkazib berilganlar bo‘yicha ham yomonroq natijaga erishdi.
Va buni butun dunyo ham kuzatmoqda. Ko‘rinib turibdiki, sobiq “dunyoning 2-raqamli armiyasi” o‘z samaradorligi bo‘yicha endi hatto 22-chi o‘rinda ham emas,”– deyiladi Ukraina rahbarining videomurojatida.
Shuningdek, Volodimir Zelenskiy Rossiyaning har qanday quroli Ukrainani zabt eta olmasligiga ishonishini aytgan.
“Rossiyalik terrorchilarda Ukrainaning madaniyatli yashash va bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish istagiga zarba beradigan raketalar yo‘q. Rossiyaga tegishli na armiya, na terror, na boshqa narsa, Ukrainani zabt eta olmaydi”,– deydi Ukraina prezidenti.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!