$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Saida Mirziyoyeva “Sabriya” milliy serialini keskin tanqid qildi

15:05 / 19.01.2022

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligini taʼminlash boʻyicha komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sabriya” milliy serialini keskin tanqid qildi.

“Mamlakatimizda, shubhasiz, soʻz va ijod erkinligi mavjud.

Lekin bir tomoshabin sifatida “Sevimli” kanalida praym-taym vaqti namoyish etilayotgan, millionlab teletomoshabinlarning diqqatini tortgan “Sabriya” milliy serialiga nisbatan shaxsiy munosabatimni bildirishga haqliman, deb oʻylayman.

Badiiy saviya haqida gapirib ham oʻtirmayman, unaqa narsaning oʻzi yoʻq. Serial mualliflari orasida birorta ayol yoʻqligiga ham ishonchim komil. Chunki hech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat koʻrmaganman.

Syujetda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish boʻyicha aniq va batafsil yoʻriqnoma koʻrsatishdan maqsad nimaligi ham tushunarsiz. Bu holatdan hech qanday xulosa chiqarilmagan. Hamkasb-ayollar oʻrtasidagi zahar-zaqqumga toʻla raqobat gʻoyasi-ku, umuman, ayollarni odam oʻrnida koʻrmaydigan latifabozlardan ilhomlanib yozilgandek. Va nihoyat, eng yoqimsiz va jirkanch epizodlar – ayollarga nisbatan zoʻravonlik sahnalari hamda isnoddan qutulishning yagona “toʻgʻri” yoʻli – oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq. Naqadar “dono” maslahat!

Ushbu serialda ayollar fikri tor, makkora, zaifa, hayotdagi hamma balolarga sababchi qilib koʻrsatilgan.

Badiiy kino jamiyatdagi qarashlarni shakllantiradigan vositalardan biridir. Umuman, kimki ommaga taʼsir oʻtkaza olsa, ogʻzidan chiqqan har bir soʻz uchun masʼuldir.

Biz gender tengligi va ayollarga ehtirom masalasini aholi ongiga singdirish uchun zoʻr berib harakat qilayotgan bir paytda bunday seriallar gender tengligi rivojlanishiga shaksiz toʻsqinlik qiladi. Ularda hech qanday sogʻlom fikr yoʻq. Bu – Oʻzbekistondagi turmush tarzi borasida ijodkorlarning buzuq fantaziyasi, xolos.

Nima deb oʻylaysiz, oʻzbekistonlik ayollarning obroʻiga jiddiy putur yetkazayotgan bunday sayoz “ijod namunalari” yaratishni bas qilishni talab etishga haqlimizmi? Qanday qilib oʻz joniga qasd qilishni ekranda koʻrsatish mumkin axir?

Men badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtai nazaridan xulosa berishga chaqiraman. Ayollarimiz bunday munosabatga loyiq emas! Bu ham xususiy, ham davlat kinematografiga birdek taalluqli!”, dedi Saida Mirziyoyeva.

Kuni kecha “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan va axloqsiz sahnalari mavjud boʻlgan seriallar yuzasidan tekshiruv boshlangani maʼlum qilingan edi.



														
														“Sevgi iztirobi” serialidagi Nihonning qizi Deniz hozir qanday ko‘rinishda?

“Sevgi iztirobi” serialidagi Nihonning qizi Deniz hozir qanday ko‘rinishda?

“Sevgi iztirobi” seriali 2015-2017-yillarda suratga olingan bo‘lib, bosh rollarda Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, Kaan Urg…
10:42 / 19.03.2024

														
														“Deadpool 3” filmining birinchi tizeri e’lon qilindi

“Deadpool 3” filmining birinchi tizeri e’lon qilindi

Premyera shu yilning yoz oyiga rejalashtirilgan.
11:34 / 12.02.2024

														
														Koronavirus haqidagi o‘zbek filmi tizeri e’lon qilindi

Koronavirus haqidagi o‘zbek filmi tizeri e’lon qilindi

Hozircha kinokartina premyerasi sanasi ma’lum emas.
17:48 / 07.02.2024

														
														“Apollon Krid” vafot etdi

“Apollon Krid” vafot etdi

Aktyor Karl Uezers 76 yoshida vafot etdi.
13:11 / 03.02.2024

														
														Bred Pitt Kventin Tarantinoning so‘nggi filmida rol ijro etishi mumkin

Bred Pitt Kventin Tarantinoning so‘nggi filmida rol ijro etishi mumkin

G‘arb nashriyotlarida aktyor yana bosh qahramonlardan birini ijro etadi degan xabarlar urchimoqda.
12:16 / 02.02.2024

														
														UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi

UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi

Striming platformasida 21-mart kuni ommaga taqdim qilinadi.
12:45 / 26.01.2024

														
														“Avatar: Aangning so‘nggi afsonasi” premyerasi ma’lum qilindi

“Avatar: Aangning so‘nggi afsonasi” premyerasi ma’lum qilindi

Filmning to‘liq premyerasi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
16:25 / 25.01.2024

														
														2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

Amerika kino san’ati va fanlari akademiyasi 2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
16:14 / 24.01.2024

														
														Garri Potterning yangi qismlari suratga olinadi

Garri Potterning yangi qismlari suratga olinadi

Televizion va striming kompaniyasi ssenariy mualliflari uchun tanlov jarayonini boshlaganini ma’lum qildi.
14:38 / 22.01.2024

														
														Kun tarixi: Zulfiqor Musoqov millat farzandi

Kun tarixi: Zulfiqor Musoqov millat farzandi

Kinorejissyor “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
09:48 / 19.01.2024

Bu ham qiziq

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Bu haqida “Aamaj News” xabar berdi.
11:52 / 24.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!