Misrlik hujumchi Muhammad Salah bir shart evaziga “Liverpul” bilan hamkorlikni uzaytirishga tayyor. Sky Germany xabariga koʻra, hujumchi mersisaydliklar klubi rahbariyatidan tarkibni bir futbolchi bilan kuchaytirishni istamoqda.
Manbaning qayd etishicha, Salah “Borussiya Dortmund”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xolandni “Enfild”da koʻrmoqchi. Ingliz klubi skandinaviyalik futbolchini 2022-yilning yozida 75 million yevroga sotib olishi mumkin.
Biroq, “Liverpul” uchun Xolandni oʻz safiga qoʻshib olish qiyin boʻladi. Chunki futbolchiga “Real”, “Manchester Siti” va PSJ kabi yirik klublar daʼvogarlik qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!