“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Fiorentina” va “Roma”da o‘ynagan A Seriyadagi davrlarini esladi.
“A Seriyaga o‘tish mening o‘sishimga katta yordam bergan. Rim va Florensiya haqida ajoyib xotiralarim bor. “Chelsi”da o‘ynaganimda o‘yin uslubimni o‘zgartirishim kerakligini his qilganman.
Italiyaga bordim va u yerda yaxshi o‘yinlar namoyish etdim. O‘sha davr men uchun juda muhim bo‘ldi - bu mening hozirgi darajamga ta’sir o‘tkazgan.
Italiyada men shaxs va futbolchi sifatida o‘sganman. “Fiorentina” va “Roma” muxlislariga salom aytaman. Balki yana ko‘risharmiz”, deydi Saloh Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!