Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining “Bog‘bonlar” mahallasida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati prokuratura mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24-iyun kuni Samarqand shahri “Bog‘bonlar” mahallasi Yangravot ko‘chasida yashovchi 29 yoshli N.M. “uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan RSHTTYoM Samarqand filiali jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.
27-iyun kuni N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, ko‘zdan kechirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy tekshiruvga yuborilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazoratga o‘rnatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!