$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

Senat tortishuvlardan so‘ng uy-joy kodeksini rad etdi

15:04 / 04.08.2022

Bugun, 4-avgust kuni Senatning yigirma toʻqqizinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy kodeksi senatorlar tomonidan rad etildi.

Kodeksni ishlab chiqishda jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi masʼuliyatini oshirish koʻzlangan.

Lekin muhokamalar davomida senatorlar kodeksda ayrim normalarni qoʻllash mexanizmlari yetarlicha ochib berilmaganini taʼkidladi.

Xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik shaxslarga davlat uy-joy fondidagi turar joy binolarini ijara shartnomasi shartlari bo‘yicha maqsadli foydalanish uchun berish bo‘yicha vakolatlarini amalga oshirish tartibi belgilanmagan. Bu esa hokimiyatni suiiste'mol qilish va korrupsiyaning boshqa ko'rinishlariga sharoit yaratadi.

Shuningdek, kodeksda belgilangan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan turar joylarni xususiylashtirish yoʻllari yaʼni, yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish hamda obligatsiyalarini olish yoʻllarini tartibga soluvchi amalda biror-bir normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, mulkdorlar bilan shartnoma asosida turar joy buzilishi va uning oʻrnida yangi turar joy qurilishi mumkinligi, shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi va turar joyni qurish uchun zarur ruxsatnoma olinganidan keyin kuchga kirishi kodeksda aks ettirilgan boʻlsa-da, shartnomaning qaysi turi haqida soʻz yuritilayotganligi mavhum qolgan.

Vaholanki mazkur masalalar shartnomaviy huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi Fuqarolik kodeksida ham oʻz aksini topmagan.

Shu bilan birga, qonunchilik texnikasi qoidalariga lozim darajada rioya qilinmagan. Baʼzi normalar bir-biriga zid. Qator moddalar bilan davlat organlariga diskretsion (cheklanmagan) vakolatlar berilgan hamda kodeksda qoʻllanilgan bir qator havolaki normalar yetarli asoslarga ega emas. Oʻz navbatida, ushbu holatlar turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Muhokama yakunida kodeks jamiyat uchun muhim boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishini inobatga olinib, milliy qonun hujjatlari, ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi va huquqshunos olimlar fikrlarini chuqur tahlil etilgan holda, Kodeksni takomiliga yetkazish maqsadga muvofiq deb topildi.


O‘zbekiston


														
														Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024

														
														Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024

														
														O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024

														
														O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024

														
														O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024

														
														Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024

														
														Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024

														
														23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-aprel, seshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:22 / 22.04.2024

Bu ham qiziq

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024
G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topildi

G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topildi

U Nosir kasalxonasi hududidan topilgan.
11:24 / 22.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024
VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

21-aprel kuni Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent …
14:32 / 22.04.2024
Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024
Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Yonish maydoni 3000 kvadrat metrni tashkil qiladi.
14:24 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!