“Sport Republic” investitsiya kompaniyasi “Sautgempton” klubi boshqaruvini qo‘lga kiritdi.
Serbiyalik millarder Dragan Solakka tegishli bo‘lgan kompaniya klub aksiyalarining 80 foizini 100 million funt sterling evaziga sotib oldi. Qolgan 20 foiz ulush esa klub aksiyadori Katarina Liberrda qoldirilgan.
Bungacha ushbu aksiyalarga xitoylik Gao Chjishen egalik qilib kelayotgandi.
Joriy mavsumda “avliyolar” APL turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turishibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!