Yakunlangan mavsumda “Tobol”ning Qozog‘iston chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shgan 28 yoshli Igor Sergeyevning 2022-yilda qaysi chempionatda o‘ynashi so‘roq ostida turibdi.
Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi forvardiga “Tobol”dan tashqari Rossiyaning “Ximki” va Namanganning “Navbahor” klublaridan takliflar bor, deb yozadi Metaratings.ru portali.
Xabarlarga qaraganda, Rossiya Premyer-Ligasida qiyin vaziyatga tushib qolgan “Ximki” allaqachon hamyurtimiz bilan aloqaga chiqgan. Futbolchining “Paxtakor”dagi ustozi Samvel Babayan ham shogirdini Namanganga taklif etayapti.
transfermarket portali hamyurtimizning transfer summasini 1,7 million yevroga baholayapti.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!