$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Seulda savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Koreya hukumatlararo qoʻmitasining 11-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

06:51 / 26.11.2021

Joriy yilning 25-noyabr kuni Seul shahrida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Koreya Hukumatlararo qoʻmitasi (HQ)ning 11-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi. Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Mun Sun Uk hamraislik qildi.

Yigʻilishda ikki mamlakatning asosiy vazirliklari, idoralari, tegishli agentliklari va tarmoq birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, yigʻilish davomida investitsiyalar, savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmani rivojlantirish, energetika, axborot-kommunikatsiya sohasi va sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Konstruktiv muloqot kun tartibining asosiy bandlari yuzasidan fikr almashish imkonini berdi. Har ikki tomonning koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish va birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar, tashabbus va dasturlar sonini koʻpaytirishga qatʼiy sodiqligi bildirilgan.

Tadbir dasturi doirasida soʻzga chiqqan HQ hamraislari koronavirus pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiriga qaramasdan, rivojlanish surʼatlarini saqlab qolgan ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarning barqaror xususiyatini qayd etdilar. Koreya tomoni Oʻzbekistonga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish milliy dasturlarini amalga oshirishda yordam berishga sodiqligini hamda oʻzaro hurmat asosida va ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda uzoq muddatli strategik sheriklikka tayyor ekanini bildirgan.

Bundan tashqari, investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida Erkin savdo toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirish, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi borasida maslahatlashuvlarni faollashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini sohasidagi hamkorlik, infratuzilmaviy va energetika loyihalarini amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va savdo sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv, foydali qazilmalarni kavlab olish, metallurgiya va toʻqimachilik sanoati sohalarida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator takliflar ishlab chiqildi va har tomonlama koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, uchrashuv yakunida tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlar va ikki davlat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning asosiy mexanizmlarini aks ettiruvchi yakuniy bayonnoma imzolangan.


Siyosat


														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa f…
13:56 / 15.04.2024

														
														Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

“AQSh Ukrainaga haddan tashqari e’tibor qaratmoqda”.
15:40 / 05.04.2024

														
														Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.
13:38 / 05.04.2024

														
														“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.
09:39 / 31.03.2024

														
														TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qula…
09:31 / 13.03.2024

														
														O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qabulida bo‘ldi.
10:45 / 08.03.2024

														
														Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbeki…
15:05 / 23.02.2024

														
														Ozarbayjonning Armanistonni o‘qqa tutishi oqibatida arman askarlari yaralangan

Ozarbayjonning Armanistonni o‘qqa tutishi oqibatida arman askarlari yaralangan

Ma’lum qilinishicha, voqea Syunik tumanidagi Nerkin Xand qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
13:04 / 13.02.2024

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
12:13 / 18.04.2024
Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024
O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha oldi o‘rinda

O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha oldi o‘rinda

O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda eng arzon mobil internetga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
10:22 / 17.04.2024
Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, bu gullar Qizil kitobga kiritilgan.
09:45 / 17.04.2024
Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Qovoq “Tormund” deb nomlangan.
14:07 / 18.04.2024
O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Ular tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati uchun …
17:10 / 18.04.2024
18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
17:01 / 17.04.2024
353 nafar raqqosa pointe poyabzalda bir daqiqa turib rekord o‘rnatdi

353 nafar raqqosa pointe poyabzalda bir daqiqa turib rekord o‘rnatdi

Bunga turli shtatlardan va hatto boshqa mamlakatlardan qizlar Nyu-Yorkka kelishgan.
11:47 / 18.04.2024
Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Tramp videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.
10:46 / 18.04.2024
Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Joriy yilda ekin maydonlari 2023-yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.
14:12 / 18.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!