Buyuk Britaniya qirolichasining chevarasi shahzoda Jorjning butun dunyodagi qirollik oilalarida dunyoga kelgan bolalar orasida mashhurlik boʻyicha yetakchi ekani maʼlum boʻldi.
Reytingni tuzishda Google'dagi qidiruv soʻzlari va Instagram xeshteglari soni inobatga olingan. Shu tariqa, birinchi oʻrin shahzoda Uilyam va Keyt Middltonlarning oʻgʻli shahzoda Jorjga nasib qilgan. Uning ismi bir oy ichida Googleʼdan 203 000 marta, Instagramʼdagi xeshteglar orqali esa 693 535 marta qidirilgan.
Reytingdagi ikkinchi oʻrindan shahzoda Jorjning singlisi malika Sharlotta (Googleʼdan 537 592 marta, xeshteglar orqali 148 000 marta izlangan) uchinchi oʻrindan shahzoda Lui (Googleʼdan 64 000 marta, xeshteglar orqali 305 813 marta qidirilgan) oʻrin egallagan.
Eng mashhur kichik shahzoda va malikalar reytingidagi toʻrtinchi oʻrindan shahzoda Garri va Megan Marklning oʻgʻli Archi, beshinchi oʻrindan Ispaniya qiroli Filipp va qirolicha Letisiyaning qizi malika Leonor joy olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!