$
12935.27 UZS
39.72
160.47 UZS
1.09
14367.20 UZS
28.64
36° Kechasi 22°

Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya Prezidenti bilan nimalarni muhokama qildi?

09:09 / 16.03.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Anqara shahriga kelgach, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga ushbu mamlakatning janubi-sharqiy muzofotlarida oʻtgan oyda roʻy bergan vayronkor zilzilalar munosabati bilan shaxsan chuqur hamdardlik bildirdi. Jabr koʻrgan muzofotlarni qayta tiklash va yangi infratuzilmani barpo etish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Turkiya Prezidenti, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda koʻrsatgan birodarlik yordami, qutqaruv ishlaridagi faol ishtiroki va jabrlanganlarga insonparvarlik koʻmagi uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdi.

Turkiy davlatlar tashkilotining 16-mart kuni oʻtadigan favqulodda sammiti tashkilotdagi mamlakatlar oʻrtasidagi hamjihatlik va birodarlik rishtalarining yorqin ifodasi boʻlishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keltirilishicha, oʻzaro savdo hajmi ortmoqda, oʻtgan yili 370 ta yangi korxona tashkil etildi. Keyingi olti yilda Turkiyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalari hajmi 3,5 milliard dollarni tashkil etgan.

Energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yengil sanoat va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi.

Davlat rahbarlarining uchrashuvi har doimgidek ochiq, ishonchli va doʻstona muhitda oʻtdi.

Yakunda Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.


Bu ham qiziq

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025
Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025
Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyundan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalash yo‘lga qo‘yilgan.
13:25 / 13.05.2025
Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Bu orqali partiya o‘z dasturining maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirish, elektorati manfaatlarini kengroq ifodalas…
19:15 / 13.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025
Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Biz har kuni aksariyat vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlaymiz: kayfiyatimizni ko‘tarish, yangiliklarni bilish yoki do…
15:14 / 12.05.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiy…
19:00 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!