$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 26°

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi (foto)

17:27 / 07.03.2022

Xalqaro kongress markazida Prezident ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollarni samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi.

– Xalqimiz azal-azaldan Ona siymosini, Ayol zotini Yaratganning ulug‘ ne’mati, tengsiz moʻjizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi, – deydi davlat rahbari.


Ma’lumki, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda xalqni rozi qilish maqsadi yo‘lida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning o‘qishi, ishlashi, salomatligi, oilasi uchun sharoitlar yaxshilanmoqda.

Bu maqsadlar Taraqqiyot strategiyasining ham muhim yo‘nalishlaridan biri. Shunga muvofiq, 1-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xotin-qizlar uchun yanada keng imkoniyatlar belgilandi.

Bu vazifalarni tizimli va samarali amalga oshirish maqsadida, Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi qayta tiklandi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

Respublikadagi 9,5 mingga yaqin mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosarlari ham qo‘mita tizimiga o‘tkazildi. Har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilindi. Bu orqali, opa-singillarimizning muammolari, dardu tashvishlari bilan doimiy shug‘ullanadigan adolatli va samarali tizim yaratildi.

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilindi.

Prezident tashabbusi bilan jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan, obro‘-e’tiborli ayollarni o‘z safida birlashtirgan “Oqila ayollar” harakati tashkil topmoqda. Shuningdek, barcha mehnat jamoalarida xotin-qizlarning muammolariga samarali yechim topish uchun “Ayollar kengashlari” tuzilmoqda.

Tadbirkor xotin-qizlarni yanada ko‘paytirish maqsadida “Bizneschi ayollar” dasturi qabul qilinib, uning doirasida 8 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.


Shuningdek, joriy yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha beriladigan subsidiyalarning 40 foizi xotin-qizlar uchun ajratiladi. Bu muhtoj ayollarni 12 mingta qulay uy-joy bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.

Tariximizda ilgari bo‘lmagan bunday keng ko‘lamli ishlar ijrosi uchun 15 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir. Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi bo‘lgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu o‘nta yaxshilik bo‘lib qaytadi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident xotin-qizlarga murojaat qilib, ularni buyuk ishlarga ruhlantirdi:

– Biz mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirish uchun, yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydik. Farzandlarimiz qalbiga ulug‘ maqsadlar, olijanob g‘oyalarni singdirish – barcha O‘zbekiston onalarining sharafli burchidir. Yuksak fazilatli, mard va jasur, vatanparvar yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish albatta sizlarga bog‘liq. Bu – yorug‘ kelajakka yo‘naltirilgan eng katta investitsiya va bitmas-tuganmas boylikdir.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5-martdagi farmoniga muvofiq bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan, Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan edi.

Bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirilgan.

– Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman. Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin, – degan Prezident.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar xodimlari fayzli dasturxon atrofida bayramni nishonladi. Tadbirda chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etgan.


Bu ham qiziq

Toshkent shahar IIBBning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Toshkent shahar IIBBning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Tadbir shaxsan ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayub Rahmatullayev boshchiligida o‘tkazildi
18:54 / 18.07.2025
Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Bu borada ularga nomi oshkor etilmagan “xorijlik hamkasblar” yordam bergan
19:56 / 19.07.2025
Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Tahmina Ikromova bu orada o‘zining zafarli odimlarini davom ettirmoqda
20:36 / 19.07.2025
Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Hozirda shahar politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining yuzlab xodimlari voqea joyida bo‘lib turibdi
21:33 / 19.07.2025
Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
15:05 / 18.07.2025
Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
22:22 / 18.07.2025
Suriya va Isroil sulhga erishdi

Suriya va Isroil sulhga erishdi

Diplomat druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarni tashlab, boshqa ozchilik guruhlar bilan birgalikda qo‘shni davlatlar …
14:23 / 19.07.2025
Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Yopilish marosimi AQSh Kolizeyi nomini olgan arenada o‘tkaziladi
19:53 / 18.07.2025
Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara blok-postida sodir bo‘lgan
18:32 / 18.07.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

Joriy yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yil darajasida saqlanib qol…
15:29 / 18.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!