O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z taqdimnomasi bilan Konstitusiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kamilov Kozimjon Fazilovichning nomzodini taklif etdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bundan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitusiyaviy sudining vakolatlari joriy yil 24-avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o‘rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi.
Ushbu nomzodlar:
- Balkibayeva Janagul Ismaylovna;
- Gafurov Askarjon Boyisovich;
- Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;
- Ismaylov Raxat Aminbayevich;
- Raximov Abdumannob Kuziyevich;
- Raxmanov Akmal Ergashevich.
Ma’lum qilinishicha, ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, o‘z vakolatlariga 24-avgust kunidan boshlab kirishadilar.
Shuningdek, davlat rahbari o‘z taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Islamov Baxtiyor Jahongirovichning nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga ko‘rib chiqish uchun Senatga kiritdi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kozimjon Fozilovich Komilov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Islamov Baxtiyor Jahongirovich Prezident maslahatchisi etib tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!