$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

10:45 / 06.12.2022

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

“Sizga tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan samimiy tabriklar va ezgu tilaklarimni yo‘llash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi, Qirg‘izistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lidagi faoliyatingiz alohida e’tirofga loyiq. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va qardoshlik ruhidagi strategik sheriklik munosabatlari va har tomonlama aloqalarni keyingi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qo‘shgan shaxsiy hissangizni alohida ta’kidlamoqchiman.

Betakror Bishkek shahriga bo‘lajak oliy darajadagi tashrif, samarali muzokaralarimiz, erishilayotgan muhim kelishuvlarimiz qardosh xalqlarimizning umumiy manfaatlariga xizmat qilishi shubhasiz. Ta’kidlash joizki, Prezidentlik davringizdagi uzoq vaqt muammo bo‘lib kelgan chegara masalalarining hal etilishi ulkan amaliy sa’y-harakatlaringiz va mustahkam siyosiy irodangizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Siz rahnamoligingizda Qambarota gidroelektr stansiyasi, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l liniyasi qurilishi kabi yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish ham muvaffaqiyatli boshlangani bizni, ayniqsa, quvontiradi.

Ishonchim komilki, o‘zaro hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan munosabatlarimiz bundan buyon ham mustahkamlanadi. Fursatdan foydalanib, sizni ushbu muhim kun bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va mas’uliyatli davlat faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Qirg‘iziston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tilayman», – deyiladi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigida.


O‘zbekiston


														
														Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024

														
														O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024

														
														O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024

														
														O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024

														
														Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024

														
														Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024

														
														23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-aprel, seshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:22 / 22.04.2024

														
														Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi

Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiy…
08:48 / 22.04.2024

Bu ham qiziq

Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan keyin birinchi haykali ochildi.

Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan keyin birinchi haykali ochildi.

Loyiha qiymati esa 124 ming dollarni tashkil etadi.
15:36 / 22.04.2024
Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024
Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Qanday qilib bitta jang yosh chempionning hayotini o‘zgartirib yubordi?
10:54 / 22.04.2024
O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Yonish maydoni 3000 kvadrat metrni tashkil qiladi.
14:24 / 22.04.2024
Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!