O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jidda shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih hamda podshohlikning “ACWA Power”, “SABIC”, “Saudi National Bank”, “Al Rajhi Capital”, “Ma'aden”, “Petromin” “Jamjoom Pharma”, “SEDCO”, “Salic”, “Albawani”, “Ajlan & Bros”, “Desert Technologies” kabi yigirmaga yaqin eng yirik kompaniya va korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Keyingi yillarda Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi ortib, qo‘shma korxonalar ochilmoqda.
Prezident kecha Valiahd shahzoda bilan muzokaralarda ikki tomonlama savdo aylanmasini bir necha karra ko‘paytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi.
Mamlakatda muvaffaqiyatli ish yuritayotgan Saudiya kompaniyalarining tajribasi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2 milliard 600 million dollarlik yirik energetika loyihalari boshlangan.
Ishtirokchilarning e’tibori tashrif arafasida o‘tgan O‘zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishining misli ko‘rilmagan natijalariga qaratildi. Jumladan, uning yakunida umumiy qiymati 14 milliard dolladan ziyod loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘tgan 30 yilda bunday ulkan kelishuvlarga erishilmagani, saudiyalik hamkorlar uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!