$
12711.00 UZS
21
136.31 UZS
0.36
13538.49 UZS
12.22
22° Kechasi 10°

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

18:30 / 09.06.2022

Bugun, 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidaning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘p qirrali O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirish va kengaytirishga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Yetakchilar mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi hamda O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklikning 20 yilligi bilan bir-birini samimiy qutladilar.

Davlat rahbari Yaponiya Bosh vaziri va Hukumatiga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Yaponiyaning JICA agentligi va Xalqaro hamkorlik banki – JABIC doirasida ko‘rsatilgan moliyaviy va moliyaviy-texnik ko‘mak hajmi 7 milliard dollardan oshgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hukumat delegatsiyalarining joriy yilda o‘tkazilgan sermahsul uchrashuv va muzokaralarining natijalari yuqori baholandi.

Yetakchilar innovatsiyalar, «yashil» iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, fan va ta’lim sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari va parlamentlararo muloqotni davom ettirish muhimligini qayd etdilar.

Osaka shahrida o‘tkaziladigan «EKSPO-2025» butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonning keng miqyosli ekspozitsiyasini tashkil etishga kelishib olindi.

Muloqot chog‘ida xalqaro kun tartibidagi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yaponiya Bosh vaziri mamlakat BMT Xavfsizlik kengashiga doimiy a’zo bo‘lishi, Koreya yarim orolini yadroviy quroldan xoli hududga aylantirish va o‘g‘irlangan yapon fuqarolarini qaytarish masalalarida O‘zbekiston muttasil qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya tomonini Kumamoto shahrida Suv sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi hamda Yaponiya Hukumati rahbari tomonidan keng mintaqamizda barqaror taraqqiyot va ravnaqqa erishish maqsadida ilgari surilgan Osiyoda amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bosh vazir Fumio Kisida, o‘z navbatida, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini hamda Afg‘onistonda bardavom tinchlik va iqtisodiy tiklanishni ta’minlashga ko‘rsatayotgan ko‘magini yuksak baholadi.

«Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning butun salohiyatini ishga solishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Fumio Kisidani O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.


Siyosat


														
														Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024

														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa f…
13:56 / 15.04.2024

														
														Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

“AQSh Ukrainaga haddan tashqari e’tibor qaratmoqda”.
15:40 / 05.04.2024

														
														Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.
13:38 / 05.04.2024

														
														“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.
09:39 / 31.03.2024

														
														TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qula…
09:31 / 13.03.2024

														
														O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qabulida bo‘ldi.
10:45 / 08.03.2024

														
														Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbeki…
15:05 / 23.02.2024

Bu ham qiziq

Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan keyin birinchi haykali ochildi.

Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan keyin birinchi haykali ochildi.

Loyiha qiymati esa 124 ming dollarni tashkil etadi.
15:36 / 22.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Qanday qilib bitta jang yosh chempionning hayotini o‘zgartirib yubordi?
10:54 / 22.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024
Iroq AQShning Suriyadagi harbiy bazasiga beshta raketa uchirdi

Iroq AQShning Suriyadagi harbiy bazasiga beshta raketa uchirdi

21-aprel, yakshanba kuni Iroqning Zummar shahridan Suriyaning shimoli-sharqidagi AQSh harbiy bazasiga kamida beshta raketa u…
09:30 / 22.04.2024
Familiyangiz baholaringizga ta’sir qilgan

Familiyangiz baholaringizga ta’sir qilgan

Bundan tashqari alifbodagi dastlabki harflar bilan boshlanadigan familiyaga ega bo‘lish ham bahoga ijobiy ta’sir qilishi mum…
11:20 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!