Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida YeIning yuqori darajadagi vakili davlatimiz rahbariga Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Oʻzbekiston va YeI oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqilgan.
Keltirilishicha, ikki tomonlama muloqotlar, shu jumladan iqtisodiyot, qonun ustuvorligi, demokratik yangilanishlar, inson huquqlari, xavfsizlik va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Shu oyda “Oʻzbekiston — YeI” hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Uchrashuvda oʻzaro savdo hajmi jadal ortib, Yevropa yetakchi kompaniyalarining ilgʻor tajribasi va texnologiyalarini jalb qilgan holda yirik investitsiya loyihalari ustida ish olib borilayotgani taʼkidlangan.
Taʼlim, xavfsizlik sohalarida, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish borasida muhim qoʻshma dasturlar amalga oshirilayotgani aytilgan.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston va YeI oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha muzokaralarni yakunlash va uni tez fursatda qabul qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!