Niderlandiyada davom etayotgan “Tata Steel Chess-2023” turniri hal qiluvchi pallaga kirdi. Kecha turnirning 11-turi boʻlib oʻtdi.
Masters guruhi peshqadami Nodirbek Abdusattorov oʻzining asosiy taʼqibchisi, 2-oʻrindagi Anish Giri bilan durang qayd etdi.
Shu tariqa, Nodirbek 7,5 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Anish Giri hisobida esa 7 ochko bor.
3-oʻrindagi Magnus Karlsen ham musobaqaning jiddiy ishtirokchilaridan biri boʻlgan Uesli So bilan durang oʻynadi. Magnus Nodirbekdan hamon 1 ochko ortda qolmoqda. Bugun, 28-yanvar kuni Nodirbek amerikalik Uesli So bilan oʻynaydi.
Challengers guruhidagi Javohir Sindorov ham kecha Maks Varmerdam bilan durang oʻynadi.
Ayni paytda Sindorov 11 imkoniyatdan 7 ochko jamgʻarib, uchinchi oʻrinni egallab turibdi. Jadvalda germaniyalik Aleksandr Donchenko 8 ochko bilan peshqadamlik qilyapti, turkiyalik Mustafo Yilmaz 7,5 ochko bilan ikkinchi boʻlib turibdi.
Bugun Javohir asosiy taʼqibchisi Muhammad Amin Tabatabai bilan kuch sinashadi.
Eslatib oʻtish mumkin, jami 13-turdan iborat boʻladigan turnirning yakunlashiga yana 2 ta tur qoldi. Ertaga, 29-yanvar kuni chempion nomi maʼlum boʻladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!