2021-yilning so‘nggi kunlarida Polshaning Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdan tashqari, mo‘maygina pul ham ishlab olishdi. Rapid yo‘nalishida eng yosh jahon chempionatiga aylangan Nodirbek Abdussatorov FIDE tomonidan taqdim etilgan 60 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, blits bahslarida 179 shaxmatchi ichida 8-o‘rinni band etgan Javohir Sindarov 14 ming AQSH dollari ishlab topdi.
Eslatib o‘tamiz, chempionlikdan so‘ng Abdussatorovga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahridan ikki xonali uy ham sovg‘a qilingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!