“Jenoa” bosh murabbiyi Andrey Shevchenko faoliyatini Polsha terma jamoasida davom ettirishi mumkin.
Polsha OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, mamlakat futbol ittifoqi A Seriya klubidan ukrainalik mutaxassisning transferini sotib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Polsha terma jamoasi bosh murabbiyligiga italiyalik Fabio Kannavaro nomzodi ham ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish joizki, Robert Levandovski jamoasi bahorda JCH-2022 yo‘llanmasi uchun o‘tish bahsida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Bir necha kun muqaddam jamoa murabbiyi Paulo Souza kutilmaganda Braziliya chempionati ishtirokchisi “Flamengo” klubiga o‘tib ketgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!