Kecha, 11-dekabr kuni professional boksning super yengil vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev oʻzining 21 jangini oʻtkazdi.
Tailand vakili Aekkaueye Kaumanega qarshi kechgan bahs birinchi raunddayoq oʻz nihoyasiga yetdi. Ergashev raqibini 2 daqiqa 40 soniyada chuqur nokautga uchratdi. Kaumaneni esa shifokorlar zambilda olib ketishdi.
Maʼlumot uchun, Ergashev faoliyati davomida 21 marta ringga koʻtarilib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. 19 ta jangni esa nokaut bilan yakunlagan.
Eslatib oʻtish mumkin, shu kuni Bahodir Jalolov BAAning Dubay shahrida professional boksdagi oʻzining 9-jangini oʻtkazib, birinchi zarbasidayoq raqibini nokautga uchratdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!