O‘zbekistonlik professional boks ustasi Shohjahon Ergashev sportdagi faoliyatini yakunlaganligini e’lon qildi.
“Uzoq vaqt uyda boʻlmadim va otam meni uyga kelishimni soʻradi. Otam bilan juda ham koʻp suhbatlashdik, oʻz boʻlsa ham bosib oʻtgan yoʻllarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni soʻradi.
Hamma narsaning bosh va oxiri boʻlganiday sport ham abadiy emas. Meni qoʻllab-quvvatlagan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Men hayotimda yangi sahifa ochyapman.
Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda boʻlsam faqatgina oʻzim uchun ringda boʻlaman. Oʻzimni yangi sohada sinab koʻraman, ammo bu sport sohasi emas. Barcha omad”, — deya yozadi Shohjahon Ergashev oʻzining Instagram sahifasida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!